BBC News, O'zbek - Bosh sahifa
Bosh maqola
Odil Turdiqulov yana Ukrainadagi O‘zbek harbiy asirlari bilan suhbatlashdi - Video
Qirg‘izistonlik taniqli jurnalist va faol Odil Turdiqulov Rossiya Ukrainaga to‘laqonli bosqin boshlaganidan keyingi Kievga uchinchi safaridan qaytdi. Bu gal ham u Rossiya tarafida turib qo‘liga qurol olgan Markaziy Osiyoliklar, xususan, o‘zbekistonlik harbiy asirlardan intervyular oldi.
AQSh vitse-prezidenti "oxirzamon uzoq emas" dedi
AQSh Vitse-Prezidenti Jey Di Vens bildirgan fikrlar uning lavozimiga salbiy ta’sir qilmaydimi degan savollarni paydo qildi.
Nega O‘zbekiston Xitoy qiruvchi uchoqlarini tanladi? Video
O‘zbekiston o‘zining yangi qiruvchi samolyotlarini namoyish etgani ortidan jahondagi harbiy ekspertlar bu nimani anglatadi degan savol atrofida mushohada yuritmoqdalar.
O‘zbekiston: Karimovning siyosiy merosi 10 yildan keyin qanday baholanmoqda? Video
O‘zbekistonning birinchi prezidenti ba’zilar uchun mustaqil davlat asoschisi, boshqalar uchun esa qattiqqo‘l rahbar sifatida eslanadi. Uning merosi haqidagi bahslar oradan o‘n yil o‘tsa ham davom etmoqda.
Super El-Nino tahdidi ortdi: Dunyo qo‘rquvda, O‘zbekiston va mintaqani nima kutadi? Yangilandi
Super El-Nino xavfli pallaga kirdi va uni butun dunyo his qiladi, dedi BMT. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga u nimalarni olib kelmoqda?
YeI va NATOning yangi bosimi ortida nima bor? Putin G‘arbni ogohlantirdi
Yevropa Rossiyani tobora ehtiyotsiz harakatlarda ayblayotgan bir vaqtda, Putinning G‘arbga qaratilgan bayonotlari Moskvaning haqiqiy niyatlari haqida yangi savollarni tug‘dirmoqda.
O‘zbekiston xalqi Mirziyoyev kelgach mustaqillikni his qildimi?
O‘zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga 35 yil to‘ldi. Ammo tanqidchilar mamlakat aholisi mustaqillikni faqat siyosiy tizim o‘zgarib, davlat va jamiyat o‘rtasida muloqot paydo bo‘lganidan keyingina his qila boshlaganini aytmoqda.
Zelenskiy ogohlantiruvi O‘zbekiston parvozlariga ta’sir qiladimi?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya osmonidan foydalanayotgan aviakompaniyalar, sug‘urta kompaniyalari va aeroportlar uchun kutilmagan ogohlantirish bilan chiqdi.
Modi Putinni urushni tugatishga chaqirdi: ShHT sammitida nimalar muhokama qilindi?
BBC Rus xizmati podkastida Karnegi markazi tadqiqotchisi Temur Umarov Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti, Hindistonning Rossiyaga munosabati, Xitoyning siyosati, Markaziy Osiyodagi kuchlar muvozanati hamda Eronning mintaqadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston
Mintaqa
Dunyo
BBC News O‘zbek WhatsApp
O‘zbekiston, mintaqa, dunyo yangiliklari hamda tahlil va munosabat
Faqat bizda
Muharrir tanlovi
Vengriyaning bugun ham tugamagan Mohach jangi - Video
Viktor Orban Sulton Sulaymon Vengriya ustidan g‘alaba qozongan Mohach jangi 500 yilligini katta marosimlar bilan xotirlashni rejalagan edi, ammo shu yil aprelidagi saylovda partiyasi mag‘lubiyatga uchrab hokimiyatdan ketdi. Mohach jangi atrofidagi bahslar bugun ham tinmagan.
"Xitoy Erondagi urushda g‘olib chiqdi". Donald Tramp Xitoyning yana buyuk kuchga aylanishiga qanday yordam bermoqda?
Xitoy Fors ko‘rfazidagi urushda ishtirok etmayapti. Shunga qaramay, ayrim amerikalik tahlilchilar bu mojarodan eng katta foydani aynan Pekin ko‘rayotganini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bulut ekishmoqda - endi suv ko‘payadimi? Video
Qozog‘iston keng miqyosda bulut ekishni boshlamoqda, O‘zbekiston ham tajriba sifatida bunga qo‘l uryapti. Endi suvsizlik muammosi hal bo‘ladimi?
Surrogat onalik: Qirg‘iziston xorijliklar uchun cheklov qo‘ymoqchi, O‘zbekistonda esa huquqiy noaniqlik saqlanmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari surrogat onalikka turlicha yondashmoqda. Qirg‘iziston hokimiyati xorijliklarning surrogat onalik xizmatidan foydalanishini cheklashni taklif qilmoqda. O‘zbekistonda esa bu soha haligacha alohida qonun bilan tartibga solinmagan.
Qozog‘istonda saylov: Endi Toqaev kuchayadimi?
Ayrim tahlilchilar fikricha, bugungi saylov prezident Toqaevga Nursulton Nazarboevga aloqador shaxslarni siyosiy sahnadan chetlatish imkonini bergan.
Bu sir bo‘lishi kerakmi? Prezident Mirziyoyev yangi AES qurilishi haqidagi «sir»ini ochdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Urganchda tadbikorlar bilan uchrashar ekan, mamlakatda ikkinchi atom elektr stantsiyasining ham qurilishi haqidagi rejalar haqida gapirdi. Ikkinchi AESning qaerda va kim tomonidan qurilishi, hamda uning quvvati qanday bo‘lishi haqida prezident, yoki avvalroq O‘zatom, ma’lumot berishmagan.
Markaziy Osiyo: iqtisodi yarim trillion dollardan oshgan mintaqada YeI nega erkinliklardan xavotirda?
Agar bir necha yil avval Markaziy Osiyo alohida-alohida bozorlar to‘plami sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, bugun iqtisodi yarim trillion dollardan oshgan makrohudud haqida gap ketmoqda. Biroq iqtisodiy o‘sish manzarasida erkinliklar va inson huquqlari bilan bog‘liq savollar hamon dolzarbligicha qolmoqda.
O‘zbekiston: Administratsiya endi daxlsiz. Saida Mirziyoyeva mamlakatdagi ikkinchi shaxsga aylandimi? (Video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunni qabul qildi. Bu qonun bilan Prezident Administratsiyasi va uning rahbarining vakolatlari kengaydi, ushbu tuzilmada ishlaydiganlarga daxlsizlik huquqi berildi. Rasmiylar ko‘plab davlatlarda shunga o‘xshash qonunlar borligini aytmoqda. Ammo xalqaro amaliyotda ham prezident idorasi shu darajada qudratlimi?
